Bosh sahifa/Xabarlar/VoLTE roumingda ishga tushirildi: endi Beeline mijozlari uchun yangi imkoniyatlar mavjud

VoLTE roumingda ishga tushirildi: endi Beeline mijozlari uchun yangi imkoniyatlar mavjud

Xabarlar
26 Noyabr
1 min.
Main Event Image

Roumingda VoLTE xizmatini ishga tushirayotganimiz haqida mamnuniyat bilan xabar beramiz.

VoLTE yoki Voice over LTE – bu tezkor ulanish va tiniq ovozli qo‘ng‘iroqlarni ta’minlaydigan texnologiya bo‘lib, u endi mijozlarimiz uchun roumingda ham mavjud. Ba’zi mamlakatlarda mahalliy aloqa operatorlari 2G/3G tarmoqlarini o‘chirishni boshlaganligi evaziga, VoLTE texnologiyasini roumingda ishga tushirish ayniqsa muhim sanaladi. Sababi, bu tarmoqlarda ovozli qo‘ng‘iroqlarni faqat VoLTE texnologiyasidan foydalangan holda amalga oshirish mumkin.

VoLTE hozirda 11 ta mamlakat roumingida mavjud:
Qirg‘iziston: Sky Mobile LLC
Janubiy Koreya: KT Corporation
Xitoy: China Unicom
Yaponiya: SoftBank Corp.
Shveytsariya: Swisscom
Buyuk Britaniya: EE Limited, Hutchison 3G UK Limited
Niderlandiya: KPN B.V.
Islandiya: Sýn hf.
AQSh: AT&T, T-Mobile
Avstraliya: SingTel Optus
Argentina: Telecom Argentina S.A.  

Mijozlarimiz uchun yuqori aloqa sifatini ta’minlash maqsadida VoLTE mamlakatlari va operatorlari ro‘yxatini kengaytirishda davom etamiz.

VoLTE xizmatidan qanday foydalanish mumkinligi haqida batafsil.

Agar rouming bo‘lsa, unda Beeline bilan!