
Yevropaning 10 ta davlatida sayohat qilish uchun yangi 5 GB va 10 GB internet-paketlarini ulang!
Beeline roumingi bilan yozning eng muhim futbol tadbiri muhitini his qilish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Aloqada qoling va o‘z taassurotlaringiz hamda unutilmas lahzalaringizni real vaqtda do‘stlaringiz va oilangiz bilan baham ko‘ring.
Paketlarni 2024-yil 4-iyundan 4-sentabrgacha ulash mumkin.
Xizmatning taqdim etilishi shartlari:
– paket xarid qilingan vaqtda to’lov miqdori to’liq yechiladi
– paket muvaffaqiyatli yoqilganda SMS tarzida xabar beriladi
– Paketning amal qilish muddati – Toshkent vaqti bilan tungi soat 12.00 gacha
– paketlarni cheklanmagan holda ulash imkoniyati mavjud. Shu bilan birga xarid qilingan trafik qo’shiladi va muddati sotib olingan so’nggi paketga muvofiq belgilanadi;
– internet trafikni tekshirish kodi: *112#, ma’lumot Kilobaytda ko’rsatiladi.
– 50 megabayt qolganda, trafik qoldig’i haqida SMS-xabar keladi;
– paketdagi trafikdan har qanday ijobiy balansda, ya’ni noldan yuqori bo’lgan balansda foydalanish mumkin;
– Kiritilgan trafik tugaganida yoki paket muddati nihoyasiga yetganda, daqiqalar va megabaytlar rouming tariflariga asosan sarflanadi;
– Paketlarni faqat oldindan to’lov tizimi foydalanuvchilari yoqtirishi mumkin;
– Barcha narxlar QQS bilan keltirilgan.